O'zLiDeP va Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining xalqaro kuzatuvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Ochiq, shaffof demokratik saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy kuzatuvchilarning ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Ko‘pchilik mamlakatlarda saylovlarni kuzatish insonning siyosiy huquqlarining ta’minlanishining muhim jihati hisoblanadi.
25 oktyabr kuni O‘zLiDePda Partiya Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi rahbari Osman Mesten boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Tadbirda joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. O‘zLiDeP vakillari saylov jarayoni, ayniqsa targ‘ibot ishlari davomida partiyaning roli va o‘rni bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, joriy yilda saylovlarni aralash saylov tizimi asosida o‘tkazish xususiyatlari, jumladan O‘zLiDeP ning saylovoldi ishlari strategiyasi va taktikasiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan ham ma’lumot taqdim etildi.
Uchrashuv do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi.